Blog

XALQARO FORUM

Birozdan soʻng Fransiya-Oʻzbekiston univesitetlari II forumi oʻz ishini boshlaydi. Xalqaro anjumanda Fransiya tomonidan 152 ta va Oʻzbekiston tomonidan 20 ta oliy taʼlim muassasasi rahbarlari, shuningdek vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.  
Navbatdagi forum ishida Fransiya universitetlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, bir qator yoʻnalishlarda qoʻshma taʼlim va ikki tomonlama diplom beruvchi dasturlarni yoʻlga qoʻyish, fransuz mutaxassislarini Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida qisqa va uzoq muddatli maʼruza oʻqish, seminarlarni tashkil etish, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, malaka oshirish, ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Forum doirasida B2B formatida rektorlar uchrashuvi oʻtkazilishi, anglashuv memorandumi, bitim hamda yoʻl xaritalari imzolanishi kutilmoqda. Imzolanajak hujjatlar asosan yurtimizdagi qator taʼlim maskanlarida “Xalqaro mehmonxona menejmenti” magistratura dasturini yoʻlga qoʻyish, pedagogik kadrlar malakasini oshirish, tibbiyot sohasida simulyatsion taʼlimni joriy etishga xizmat qiladi.

Manba: Axborot xizmati

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *