Istiqbolli nanoqurilmalar uchun yangi uglerod nanostrukturalari selektiv sintezi hal etiladigan (yoki hal etilishi kutilayotgan) asosiy ilmiy muammolar uchta qismga ajratiladi:
- Selektiv sintez: noyob xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi uglerod nanostrukturalari (UNS) ni sintez qilish hamda uni boshqarishning arzon va samarali usullarini topish;
- Struktura tavsifi: sintez jarayonida olingan strukturalarning elektronik, mexanik, issiqlik o‘tkazuvchanlik va boshqa xususiyatlarini aniqlash;
- Nanoqurilma: tanlab olingan strukturalar asosida yangi nanoqurilmalar modellarini yaratish.
Loyihaning maqsadi yuqorida keltirilgan ilmiy muammolarning kompyuterda modellashtirish yordamida asosli yechimini ko‘rsatish orqali modellashtirish va eksperimental tadqiqot natijalari orasidagi tafovutni sezilarli darajada qisqartirishdan iborat. Xususan, yangi UNS selektiv (tanlab) sintezi mexanizmlarini aniqlash va olingan nanostrukturalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rgangan holda ular asosida yangi nanoqurilmalar ishlab chiqarish yuzasidan eksperimental tadqiqotchilarga tavsiyalar berish loyihaning asosiy vazifasidir.
